
FozilbekFayzullayev
Salom! Mening blog sahifam va ijodiy ishlarim jamlangan saytimga xush kelibsiz! Men dasturlashga qiziqadigan va doim nimanidir o'rganib yuradigan odamman. Hozirda ko'proq web dasturlash bilan shug'ullanyapman. JavaScript, React, Next.js va boshqa zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash menga yoqadi. Hozir asosiy e'tiborimni web dasturlashni chuqurroq o'rganishga qaratganman. Yangi texnologiyalarni sinab ko'rish, kichik loyihalar qilish va xatolar orqali o'rganish — mening eng ko'p foydalanadigan o'rganish usulim. Dasturlashdan tashqari, yangi texnologiyalar, internetdagi qiziqarli loyihalar va turli xil g'oyalar meni qiziqtiradi. Ba'zan biror narsani shunchaki qiziq bo'lgani uchun o'rganib ketaman. Natijada kichik bir qiziqish yangi loyiha yoki yangi bilimga aylanib qoladi. Masalan elektronika, bu boyicha qilgan kichik ishlarimni telegram kanalimda ko'rishingiz mumkin.

fayZek
Salom! Bu fayZek mening ijodkorroq tarafim. Arts bo'limida shu nicknameni ko'rishingiz mumkin, fayZek_art. Buni 2019 yil twitter uchun nickname qilib beradikan saytda yasab olganman, keyin o'yinlar uchun nickname sifatida ishlatdim keyin rasmlarga ham. Nickname? bunday oliftagarchilik nega kerak deyishingiz mumkin, ha shunday ko'rinishi mumkin, lekin men yoshligimdan street artistlarni kuzatganim uchun men ham nickname qo'ydim. Misol: Inkuzart, Gawxart, Wexxart, Banksy. Xullas shunday gaplar. Enjoy my art ;)