Kutilmagan uchrashuv

Blog postidagi rasm

Read: 1 min

Time: 25 November,2025

24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov.

Maktab paytlardan beri YouTubeda "Dasturchi hikoyasi" videolarini kuzatardim. O'zimning shu blog saytimni ham https://azimjon.com saytidan idea olib qilganman.

Adashmasam bir ikki hafta oldin, Azim Pulat Googledan o'z xohishi ishdan bo'shab o'zining 42.uz startupini rivojlantirish uchun Toshkentga kelgandi.

Borib salomlashdim,gaplashdim, birga mashq qildik. Mana shu blog saytni ko'rsatdim, "siznikidan idea olganman" deb. Tom ma'noda kecha YouTubeda algoritmlash haqidagi darsini ko'rib o'tirgandim bugun birga mashq qilyabman. Kecha men videolarini YouTubeda ko'rib yurgan, men havas qilgan odam bilan gaplashib turibman. Hayolimga juda ko'p savol kelgandan qaysi birini berishni ham bilmay qoldim, rasmga ham tushmabman. Lekin oddiy,juda samimiy inson ekan,huddi har doim gaplashib yurgan do'stim bilan gaplashganday gaplashdim. Prosta wow, umuman hayolimni bir chetiga ham kelmagan uchrashuv bo'ldi.

Bu uchrashuv kecha bo'ldi, bugun yozib qo'yishim kerak degan fikr keldi,keyinroq yana ko'rishsak yoki birga ishlash nasib qilsa ko'rsatarman balki.

Last Posts

22 July,2026

Blog postidagi rasm

Last dance

Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.

20 March,2026

Blog postidagi rasm

NOT TODAY

Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".

26 February,2026

Blog postidagi rasm

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)

Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.

12 October,2025

Blog postidagi rasm

Muhit

Maktab paytlarda dasturlashga qiziqib o'zimcha o'rganib yurganman. U paytlarda endi endi AYTI degan so'z TVda ko'p eshtiladigan bo'lib qolgandi. Do'stlarim,tanishlarim orasida dasturlashga qiziqadigan hech kim yo'q edi. O'zim kamanda tuzib qandaydir loyihalar,startuplar qilishni o'ylab yurardim

Created by fayzek