Last dance

Blog postidagi rasm

Read: 1 min

Time: 22 July,2026

Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.

Tasavvur qiling butun o'qish davomida shu kanikulni kutib yashab, kanikul kelganda kimdir buvisinikiga,kimdir yana qayergadir ketib, yozda ertalabdan kechgacha ko'chada o'ynab,qoq abetda uydagilarning majburlab uxlatishidan yashirinib qochib cho'milishga ketib, kattaroq bo'lgandan keyin shahardan uyga "shaharlik" bo'lib kelib, tezroq yana o'qish boshlanishini, sentabrni kutib o'tkazadigan yozgi kanikulning oxiri keldi. 14 yil davomida sentabr ham bir yangi yildek edi, yangi sinf, yangi kurs, yangi kitob-daftarlar, kimlargadir yangi forma,...; Keyingi yil sentabr boshqacha keladi.

Zavqlanib qoling!

Last Posts

20 March,2026

Blog postidagi rasm

NOT TODAY

Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".

26 February,2026

Blog postidagi rasm

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)

Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.

25 November,2025

Blog postidagi rasm

Kutilmagan uchrashuv

24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov

12 October,2025

Blog postidagi rasm

Muhit

Maktab paytlarda dasturlashga qiziqib o'zimcha o'rganib yurganman. U paytlarda endi endi AYTI degan so'z TVda ko'p eshtiladigan bo'lib qolgandi. Do'stlarim,tanishlarim orasida dasturlashga qiziqadigan hech kim yo'q edi. O'zim kamanda tuzib qandaydir loyihalar,startuplar qilishni o'ylab yurardim

Created by fayzek