Birinchi hackathon (yoki hakaton)

Read: 2 min
Time: 05 June,2025
Yaqinda,aniqrog'i 6-mayda universitetimizda Ipak Yo'li banki va Paynet tomonidan o'tkazilgan hakatonda kursdoshlarim bilan qatnashdik.Hackathon (hack+marathon=hackathon) nimaligini qisqacha tushuntirib beraman,xullas siz 24 yoki 48 soat ichida qandaydir muammoni hal qiladigan loyihalar ishlab chiqishingiz kerak bo'ladi, bunda siz jamoaviy qatnashasiz.Lekin bizda boshqacharoq bo'ldi.Bir hafta oldin berilgandi(balki undan ham ko'proqdir) va hakatonga tayyor loyiha bilan kelib uni taqdimotini qilib berish kerak edi.
Biz oldingi bank ma'lumotlaridan foydalanib kelajakda bankka qancha kartalar uchun arizalar kelib tushishini aniqlab beradigan dastur qilmoqchi edik,bu ideani ustozimiz taklif qildi.Biz buni deyarli uddaladik desam ham bo'ladi,to'g'risini aytganda loyihani o'zimiz o'ylaganchalik zo'r qilib ishlab chiqishga aqlimiz yetmadi.
Loyiha ustida ishlashni hakatondan bir kun oldin boshladik,o'sha kuni kechki payt universitetdan chiqib mening kvartiramga kelib tunda uxlamasdan ishlab chiqdik. Jamoamizda 4 nafar ishtirokchi bor edi, ulardan biri men.Ikkita og'aynim prezentatsiyaning so'zlari,loyiha mazmunini ochib berish ustida yana bittasi ma'lumotlar bazasi va algoritmlar ustida ishladi men esa loyihaning dizayni,web saytning frontend va backendini qildim.Xullas tunda uxlamasdan loyihani chalaroq qilib bo'lsa ham tayyorladik.
Biz o'rin ololmadik, ammo eng asosisi jamoa bo'lib ishlab 1 kunda shuncha narsalar qildik,tajriba oldik.Men backend haqida umuman tushuncham bo'lmay turib ChatGPTdan o'rganib saytni ishlata oldim va hozir blog saytni ham shu o'rgan narsalarim bo'yicha qildim.
Ha aytgancha hakaton go'liblari uchun umumiy sovrin 26 mln so'm edi.
Last Posts
22 July,2026

Last dance
Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.
Read: 1 min
20 March,2026

NOT TODAY
Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".
Read: 1 min
26 February,2026

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)
Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.
Read: 1 min
25 November,2025

Kutilmagan uchrashuv
24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov
Read: 1 min