Eng muhim narsa bu Idea*

Blog postidagi rasm

Read: 2 min

Time: 03 November,2026

O‘tgan yili sessiyaga tayyorlanib, bizga berilgan test bazasini Telegram’dagi Quizbot orqali quiz qilib ishlayotganimda, bir fikr xayolimga kelgandi: agar testlar faylini yuklasam, undan avtomatik ravishda tayyor quiz yaratib beradigan sayt yoki bot qilsam-chi? Lekin keyinchalik quizlarni ishlab bo‘ldim va bu g‘oya ham esimdan chiqib ketdi.


Qanchadir vaqt o‘tgach, bir og‘aynim bilan gaplashib qoldim. U: «Sessiya paytida fayldan quiz yaratib beradigan bot qildim, ozroq pul ham ishlab oldim», — deb qoldi. Keyin boshqa g‘oyalarini ham aytib berdi va meni sheriklikka taklif qildi. Men esa uning g‘oyalarini eshitib, o‘xshaydimi-yo‘qmi, amalga oshira olamizmi, foyda keltiradimi, odamlarga umuman kerakmi, degan savollar bilan filterdan o‘tkazayotgan edim. Shundan keyin YorqinAIni qilishga qaror qildik. Ko‘pincha uning kvartirasida ishlardik: u nima qilish kerakligini aytardi, men esa kod yozardim (vibe coding).


Shunday bo‘lsa-da, botni ishga tushirmagunimizcha, odamlar undan foydalanishiga shubham bor edi. Chunki tayyor, bepul ChatGPT, Claude, Gemini kabi AI vositalari turganda, bizning botimizga ehtiyoj bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardim. Lekin yozda, atigi ikki oy ichida, 100 dan ortiq foydalanuvchi undan foydalandi. 100 kishi ikki oy uchun kam bo‘lishi mumkin, lekin bu natijaning o‘zi ham meni hayron qoldirdi. Keyinchalik o‘zimizning xatolarimiz va ayrim sabablarga ko‘ra loyiha to‘xtab qoldi.


Xayolimga yangi g‘oyalar ko‘p keladi, lekin ularni amalga oshirishga kirishmasdan turib, o‘zimcha filterdan o‘tkazaman. O‘xshamaydi, deb hisoblaganlarimni chiqitga chiqarib tashlayman. Natijada esa, qarabsizki, natija — nol. Lekin sherigimda bunday filterlar ancha kam. Balki aynan shuning uchun ham u quiz botni yaratgan.


Yaqinda yana bir g‘oyasini aytib, sherik bo‘lishni taklif qildi. Bu safar ko‘p o‘ylab o‘tirmay, rozi bo‘ldim. Taqdimot tayyorlab beradigan bot yaratdik. Hozir uning oylik foydalanuvchilari soni 1000 ga yaqin (jami: 1356 ta, 03.11.2026 holatiga).


Xullas, ko‘p o‘ylab o‘tirmaslik kerak ekan. «O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi», degan gap rost ekan. Mana, bunga o‘z hayotimdan bir misol.


Ertaga universitetdagi oxirgi dars kunimiz. Shundan keyin amaliyotga chiqamiz. Avval aytganimdek, jamoa tuzib, hackathonlarda qatnashmagan bo‘lsam-da, universitetning oxirgi yilida sherigim bilan birgalikda bir qancha loyihalarni amalga oshirdik.

Last Posts

22 July,2026

Blog postidagi rasm

Last dance

Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.

20 March,2026

Blog postidagi rasm

NOT TODAY

Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".

26 February,2026

Blog postidagi rasm

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)

Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.

25 November,2025

Blog postidagi rasm

Kutilmagan uchrashuv

24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov

Created by fayzek