Nega blog yozishni boshladim?

Blog postidagi rasm

Read: 1 min

Time: 02 June,2025

Salom! Bu mening birinchi blogim. O'zi nega blog yozishni boshladim? Buning sabablari ko'p:
1.Menga portfolio uchun real loyiha kerak edi
2.Esda qolarli voqealani yozib qo'yish
3.Fikrlarimni boshqlar bilan bo'lishish
4.Yozish mahoratini oshirish
5.Sherlok Xolms

Hozir tushuntirib beraman
Dasturchilik mahoratinimni oshirish uchun menga real loyihalar kerak bo'ladi va ishga kirmoqchi bo'lganimda ham real loyihalar so'raladi.

Esda qolarli voqealarni yozib qo'yish va keyinchalik eslash uchun, misol uchun yaqinda daturlashdan hackathonga qatnashganimiz,universitetdagi qiziqarli va ahmoqona narsalar va h.k lar haqida yozib borish menga qiziq tuyulgan. Buni telegramda ham qilishim mumkin edi lekin u juda oddiy ko'rindi va 1-sabab ham bor.Shuning uchun web site qilish yaxshiroq deb o'yladim.

Fikrlarimni boshqalar bilan bo'lishgim keldi("menga qiziqmas" deydiganlardan boshqalarga).Misol uchun ko'rgan kinolarim,qo'shiqlarim haqida yangi o'rgangan narlarim, meni qiziqtirgan savollar haqida yozgim keldi.

Gaplar chiroyli chiqmayotgan bo'lsa uzr, hali so'z boyligim kam va bu endi birinchi blog.Keyinchalik ko'proq yozib fikrlarimni yozma tarzda chiroyli yetkazishni o'rganishim kerak.

Sherlok Xolmsning nima aloqasi bor? Yaqinda Sherlok Xolms(BBC Sherlock) serialini ko'rgandim,agar ko'rgan bo'lgangiz unda Dr.Watson o'zining blogida Sherlok Xolms bilan fosh qilgan jinoyatlarni detektiv hikoya sifatida yozib boradi.Bu menga ham qiziq tuyuldi.

Hozircha shunaqa gaplar...

Last Posts

22 July,2026

Blog postidagi rasm

Last dance

Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.

20 March,2026

Blog postidagi rasm

NOT TODAY

Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".

26 February,2026

Blog postidagi rasm

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)

Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.

25 November,2025

Blog postidagi rasm

Kutilmagan uchrashuv

24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov

Created by fayzek