Nega chizmay qo'ydim?

Blog postidagi rasm

Read: 1 min

Time: 03 June,2025

Menga rasm chizish yoqadi. Sal kam 4 yildan beri chizgan rasmlarimni sketchbooklarga yig'ib kelaman. Ular xuddi kundalik rolini bajaradi. Rasmlarimni ko'rsam ularni chizayotganimda nimani his qilganim, shu paytlar qanday kayfiyatdaligimni bazilarida qayerda chizganimni ham eslayman.

O'tgan yili(2024) bir yilda 100 ta rasm chizish chellenjini qilgandim, oxirigiga qarab idealar qolmadi va 100 taga to'ldirish uchun nima bo'lsa shuni chizib tashladim.

To'rtinchi semestrda darslar qiyinlashib ketti, odatda dars paytida, ma'ruzalarda chizardim, lekin bu semestrda bunga vaqt bo'lgani yo'q.

Idealarni ko'pincha film, qo'shiqlardan olaman. Oxirgi paytlarda "WOW" effektini beradigan kino ham qo'shiq ham eshitganim yo'q edi. Ammo yaqinda bitta shunday serial ko'rdim. Chizish uchun zo'r idealar berdi💡...

Last Posts

22 July,2026

Blog postidagi rasm

Last dance

Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.

20 March,2026

Blog postidagi rasm

NOT TODAY

Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".

26 February,2026

Blog postidagi rasm

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)

Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.

25 November,2025

Blog postidagi rasm

Kutilmagan uchrashuv

24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov

Created by fayzek