Sinalgan usul ("QOIDA")

Read: 1 min
Time: 10 June,2025
Abituriyentlik davrimda sinfda hamma test ishlayotgan edi. Ustoz chiqib ketgan paytda yonimdagi bolalar test javoblarini bir-birlariga aytib, javoblarni tekshirayotgan edi. Qarasam, men belgilagan bitta test javobi ularnikidan farq qilayotgan ekan. Adashgan bo‘lsam kerak deb, qayta ishlab ko‘rmasdan ularning variantini belgilab yubordim. Test natijalari chiqqanda qarasam, o‘zim birinchi belgilagan javobim to‘g‘ri ekan. Keyinchalik shunday holatlar yana bir-ikki marta bo‘ldi, shundan keyin ataylab sinab ko‘rishni boshladim.
Shundan so‘ng o‘zim uchun bir qoida o‘ylab topdim: "O‘zimning birinchi javobimni umuman o‘zgartirmayman,xatoligiga 100% ishonchim komil bo'lmasa."
Bu qoidani ko‘p joylarda sinab ko‘rdim — Zakovat o‘yinlarida, imtihonlarda. Do‘stlarimga ham aytdim, ular ham sinab ko‘rishdi. Ko‘pincha birinchi javobim to‘g‘ri chiqardi. Agar xato bo‘lsa ham achinmasdim, chunki o‘z qoidamga amal qilgan bo‘lardim.
Ha, aytgancha, "birinchi javob" degani tavakkal qilib belgilangan javob emas. Bu — o‘ylab ko‘rib, to‘g‘riligiga ishongan holda belgilagan javobimni nazarda tutyapman.
Sizda ham o'z qoidalaringiz bo'lsa yozib yuborishingiz mumkin,bu men uchun qiziq.
Last Posts
22 July,2026

Last dance
Yaqinda bir narsani o'ylab qoldim "Bu yozgi kanikul men uchun oxirgisi". Birinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha maktabdan, birinchi kursdan hozir ya`ni uchinchi kursligimchaga universitetdan berilgan 3 oylik yozgi kanikul endi berilmaydi, bu oxirgisi, uning ham yarmidan ko'pi o'tdi.
Read: 1 min
20 March,2026

NOT TODAY
Bu yerga ko'p narsalar yozgim kelgandi,qanday yozishni,to'g'ri yetkazishni bilmadim.Bu haqida ko'p o'yladim,juda ko'p. Xullas "NOT TODAY".
Read: 1 min
26 February,2026

Kichkina maslahat (Perfektsionizm haqida)
Psixologiyadagi perfektsionizm - idealga erishish mumkin va shart; ishning nomukammal natijasi mavjud boʻlishga haqli emas degan ishonch. Shuningdek, perfektsionizm — bu barcha „ortiqcha narsalarni“ olib tashlash, „notekis“ ob’ektni „silliq“ qilish yoki ob’ektlarni fazoda yoki bir-biriga nisbatan tekislash istagi.
Read: 1 min
25 November,2025

Kutilmagan uchrashuv
24-noyabr 2025-yil kunim har doimgiday boshlandi, har doimgiday o'qishga bordim, darsda zerikib o'tirdim, darsdan chiqib ovqatlanib zalga kettim. Zalga kirdim, birinchi mashqni qilishni boshlaganimda, zalda tanish odam ko'rindi. Qarasam, Azimjon Pulatov
Read: 1 min